2023-yilning sentabr oyidan noyabrgacha 6- va 7-sinf o‘quvchilari bilan biz matematika fanini davlat standartidagi kitobdan emas, balki IDC jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan «Matematika: Yosh iqtidor egalari uchun» bo‘yicha o‘rgandik. Bu kitob uch qismdan iborat, biz esa dastlab birinchi qismini o‘rganishga e’tibor qaratdik.
1. Oddiy amallar:
Birinchi o‘rinda qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish. Bu asosiy amallar bo‘yicha masalalar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.
2. Sonlar va ularga oid tushunchalar:
3. Murakkabroq masalalar:
Bo‘lish qoldig‘ini hisoblash va aralash amallarga oid masalalar.
4. Soddalashtirilgan mavzular:
O‘rganishimizning so‘nggi qismida biz oddiy kasrlar, koordinatalar va geometriya asoslari bilan tanishdik.Masalan, koordinatalar bo‘yicha masalalarda:
Ushbu kitob bolalarning matematik mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Mavzularning bosqichma-bosqich o‘tilishi o‘quvchilarga biror mavzuni chuqurroq tushunish va keyingisini osonroq o‘zlashtirish imkonini berdi.
Bu uch oy davomida qilingan ishlar keyingi darslarga mustahkam poydevor yaratdi. Yanada qiziqarli masalalar va mavzularni o‘rganishda davom etamiz!